Markaz laboratoriyasida sinov usullari 644 taga yetkazildi
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash xulosasiga asosan Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalarni sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazida jami 485 ta, shu jumladan 83 turdagi vaksina, 117 turdagi ozuqabop qo‘shimcha va 15 turdagi diagnostikum hamda 270 turdagi boshqa veterinariya dori vositalari davlat ro‘yxatiga olindi.
Markazning sinov laboratoriyasi 17025-2019 xalqaro standarti bo‘yicha akreditatsiyadan o‘tkazilib, laboratoriyaning 186 ta ko‘rsatkich sohasi kengaytirildi va sinov usullari 644 taga yetkazildi.