Mutaxassislarni malakasini oshirish maqsadida seminar treningi o‘tkazilmoqda
Mamlakatimizda zamonaviy usullarini keng joriy etish, bu orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish, chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mazkur sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanilmoqda.
Jumladan, Germaniya Federativ Respublikasi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi federal vazirligi bilan veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Qo‘mita o‘rtasida “Iqlimga moslashtirilgan chorva ozuqasini yetishtirish” loyihasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar jalb qilingan.
Mazkur loyiha doirasida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va ko‘zatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha respublikada hayvonlarni identifikatsiya qilish ishlariga jalb etiladigan mutaxassislarni malakasini oshirish maqsadida seminar treningi Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilmoqda.
Ushbu seminar, treningida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatidan mutaxassislar hamda chorvachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklari ishtirok etishmoqda.